
Bahodir Jalolov haqida film suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan bokschimiz haqida “Engilmas. Tokioga yo‘l” filmi suratga olinmoqda va dastlab, uning videoroligi e’lon qilindi. Kinokartinaning suratga olish ishlari davom etmoqda.
“Ushbu filmda Tokioda bo‘lib o‘tgan Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan o‘zbek o‘g‘loni Bahodir Jalolovning xalqaro yutuqlari haqida hikoya qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Film ssenariysi Sergey Kuzmenix, Nurillo Narzullaev va Sultonbek Abbosov tomonidan yozilgan. Bahodir Jalolov obrazini esa aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etmoqda.
Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Fikrlar