Bahodir Jalolov faoliyatini yakunlagach sport eksperti sifatida ishlashi mumkinmi?

  • 9 sentabr, 2022, 20:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” xalqaro tadbiriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston sportchilari nomidan taniqli bokschimiz, havaskorlar o‘rtasida qit’a va jahon chempioni, Osiyo va olimpiada o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolov ishtirok etdi.

Tecno

Anjumanning savol-javob qismida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolovga shunday savol bilan murojaat qilishdi:

- Xorijlik ko‘plab nomdor sportchilar o‘z faoliyatini yakunlagach, OAVda sport eksperti sifatida faoliyat olib borishadi. Professional sportdagi faoliyatingizni tamomlaganingizdan so‘ng OAVlaridan ekspertlik taklifi bo‘lsa, qabul qilasizmi? Bunga asos bor, chunki siz o‘zbekistonlik sportchilar orasida eng so‘zga chechanlaridan birisiz.

O‘z navbatida Jalolov savolga quyidagicha javob berdi:

- Ochig‘i, bu haqda hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman. Sportdagi faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng ham sport sohasida qolish niyatim bor. Xabaringiz bor, Bahodir Jalolov nomidagi boks mahorat maktabini ochdik. Unga murabbiyim To‘lqin Qilichev bilan birgalikda boshlanishiga 25 nafar bolani qabul qilib, ular bilan mashg‘ulot olib boryapmiz. Kelgusidagi maqsadim, jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston bayrog‘ini yanada yuqorilarga ko‘taradigan chempionlarni tarbiyalash. Sport ekspertligi masalasini o‘ylab ko‘rish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!