Bahodir Jalolov endi faqat professional boksda faoliyat yuritadimi? Chempionimizning o‘zi javob berdi

  • 15 avgust, 2021, 11:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov yaqindagina Tokio Olimpiadasida boks bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon boks olamini yana bir bor o‘ziga qarata oldi. Albatta, ushbu charmqo‘lqop ustasi bir vaqtda professional yo‘nalishda ham o‘z janglarini olib boradi. 

Tecno

Havaskor yo‘nalishda deyarli barcha katta va nufuzli turnirlarning g‘olibi bo‘la olgan yurtdoshimiz endi, faoliyatini faqat professional boksda davom ettiradimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy... Biz shu mavzuga oid bir-ikkita savol bilan bokschimizga murojaat qildik. 

- Avvalo, ajoyib natija va unvonlar bilan muborakbod etamiz!

- E’tibor uchun katta rahmat. 

- Bilasizmi, barchani ushbu muvaffaqiyatingizdan so‘ng, professional boksga to‘laligicha o‘tish yoki o‘tmasligingiz qiziqtirayotganligi aniq. Bu borada kanday rejalar mavjud?

- Albatta, professional boksga o‘tish niyatim bor. Biroq, rejalarim hali aniq emas. Balki havaskorda ham tusharman. Barchasi endi aniq bo‘ladi. 

Olimpiada oltin medalidan keyin, jahonning top promouterlik klublaridan takliflar bo‘lishi turgan gap. Shunday imkoniyat bo‘lsa, o‘ylab ko‘rasizmi yoki Lu Di Bella bilan hamkorlikni davom ettirasizmi?

- Bu borada ham biror aniq fikr bildira olmayman. Chunki, bu haqida o‘ylaganim yo‘q. Agar, biror yangilik bo‘lsa albatta, xabar topasizlar.

- Final jangining birinchi raundi Torres hisobiga yozildi. Ushbu natijani raund tugaganidan so‘ng bildingizmi? Bu qanchalik sizga ta’sir ko‘rsatdi?

- Ha, murabbiylarim har bir raund yakunida hisobni aytib turishadi. Birinchi raundda 3:2 natija bilan yutqazding, deb ma’lum qilgandi. Shubhasiz, yanada yaxshi harakat qilishimga turtki bo‘ldi. 

Olimpiada oldidan rossiyalik Rio Olimpiadasi chempioni Evgeniy Tishchenko bilan sparringlarda ishtirok etdingiz, bu Olimpiada mobaynida sizga qanchalik yordam berdi va uning imkoniyatlariga qanday baho bergan bo‘lardingiz?

- Katta yordam berdi, deb ayta olaman. U -91 kg vazn toifasida harakat qiladi. Og‘ir vazndan ko‘ra, kichikroq toifadagilar tezkor bo‘ladi. U ham juda tez bokschi, u bilan ishlab men ham tezligimni oshirdim, desam xato bo‘lmaydi. 

- Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin sizni tabriklagan videosi tarqaldi. U bilan yaqindan tanish edingizmi? 

- To‘g‘risi, Ovechkin bilan tanish emasdim. Lekin afsonaviy xokkeychi tabriklaganidan juda xursand bo‘ldim. 

- Tig‘iz vaqtingizga qaramay, biz uchun vaqt ajrata olganingizdan xursandmiz va o‘z o‘rnida kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz!

- Rahmat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!