Bahodir Ahmedov: Bugungi uchrashuvdan ko‘nglim to‘q

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentina MTJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bahs Lotin Amerikasi vakillarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Avvalo, Argentina terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, shogirdlarim jahon chempionlariga qarshi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ulardan ko‘nglim to‘ldi. Matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, raqib darvozaboni kuchli o‘yin ko‘rsatdi.

Xatosiz harakat qilish imkonsiz. Endi ular ustida ishlashimiz lozim. Ertaga videolavhalarni tahlil qilib, yangi o‘yinga tayyorgarlik jarayonini boshlaymiz. Ko‘p shogirdlarim bunday darajadagi o‘yinlarda hali harakat qilmagan. Shuning uchun, bugungi uchrashuvdan ko‘nglim to‘q".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!