
BAA liga kubogi. "Shabab Al-Ahli" yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
BAA liga kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Al-Vasl" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvining javob bahsida dubayliklar yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Dastlab, Lima 10-daqiqada hisobni ochdi, 26-daqiqada Ali oradagi farqni ikkitaga oshirdi, 76-daqiqada esa Ximines hisobni yiriklashtirdi. Aziz G‘aniev o‘yinning 36-daqiqasida maydonga tushirildi. Yarim himoyachi 45 marta sheriklariga pas bergan bo‘lsa, shularning 41 tasi aniq bordi. Shuningdek, "Sofa Score" portali tomonidan unga 6,4 ball berildi.
"Shabab Al-Ahli" birinchi uchrashuvda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. O‘sha bahsda G‘aniev bitta gol urgan. Shu tariqa, Nikolich shogirdlari turnirni tark etmoqda.
Fikrlar