BAA chempionati. "Shabab" mehmonda zafar quchdi. G‘anievdan super gol va bitta assist!

  • 3 noyabr, 2023, 22:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

BAA chempionatining 7-turida "Shabab" "Kalba" mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida zafar quchdi. 

Dastlab, 47-daqiqada Abdul Salom o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Mateusao oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Uning goliga esa Azizjon G‘aniev assistentlik qildi. 54-daqiqada yarim himoyachimiz jarimadan ajoyib gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 92-daqiqaga kelib mezbonlar hisobni qisqartirdi. 

Ushbu g‘alaba orqali "Shabab" turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!