
BAA chempionati. "Shabab Al-Ahli" yirik hisobda zafar quchdi
BAA chempionati dastlabki turi doirasidagi "Ajman" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.
Harib Suhail hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Aziz G‘anievning olis masofadan yo‘llagan zarbasi yo‘l-yo‘lakay himoyachiga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Igor de Kruz 67-daqiqada oradagi farqni yiriklashtirdi. Legionerimiz mazkur bahsda to‘liq harakat qildi.
Ushbu g‘alaba natijasida dubayliklar onlayn turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar