BAA chempionati. Gollar shousida Aziz G‘aniev jamoasi g‘alabani ilib ketdi

  • 19 sentabr, 2021, 00:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" va "Sharja" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda dubayliklar 4:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. 

Tecno

O‘zbekistonliklar derbisini Aziz G‘aniev va Otabek Shukurov asosiy tarkibda boshladi. Ikkisi ham to‘liq harakat qildi. Shukurov 61-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Shu tariqa, "Shabab Al-Ahli" jamoasi ochkolar sonini 10taga etkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. 4-o‘rindagi "Sharja" hisobida 9 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!