
Azmun va Taremi gol urgan, Eron JCh yo‘llanmasini naqd qilgan "Ozodi"dagi so‘nggi o‘yinni esga olamiz!
Jahon chempionati 2-bosqich saralashidan o‘rin olgan so‘nggi turni "Ozodi"da Eronga qarshi o‘tkazamiz. Forslar biz uchun juda noqulay raqib hisoblanadi va bir marotaba ularni mag‘lub qilganmiz.
O‘zbekiston Eronga qarshi bu stadionda so‘nggi marta 2017 yili "JCh-2018"ga saralash bosqichida to‘qnash kelgan (rasmiy turnir hisobga olinmoqda). O‘shanda jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan edi. Bilamizki, u terma jamoamizni Jahon chempionatiga olib chiqishga juda yaqin kelgan mutaxassis hisoblanadi. 12 iyunda bo‘lib o‘tgan 8-tur uchrashuvida eronliklar 2:0 hisobida zafar quchgan.
Dastlab, 23-daqiqada Sardor Azmun hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida esa darvozamiz tomon penalti belgilangan, lekin Masud Shojai uni golga aylantira olmagandi. 88-daqiqada bo‘lsa Mehdi Taremi farqni ikkitaga oshirib qo‘ygan. Bu uchrashuv O‘zbekistonning eng yomon o‘yinlaridan biri edi. Vakillarimiz mezbonlar darvozasi tomon atigi bir marotaba zarba bera olgan.
Shundan keyin Eron JChga yo‘llanmani olgan ilk terma jamolar qatoriga kirdi va o‘zining ajoyib seriyasini davom ettirdi, ya’ni ular bu bosqichga umuman gol o‘tkazmagandi. Ammo 10-turda nedirki yuz berib, Suriyaga qarshi bahsda ikki marotaba o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishgan.
O‘sha bahsda O‘zbekistonning asosiy tarkibi quyidagicha bo‘lgan:
Babayan shogirdlari esa 3-o‘rinda borayotgandi va yana ikki o‘yin bor edi. Ammo 9-turda Xitoyga mag‘lub bo‘lib, so‘nggi turda Janubiy Koreya bilan durang o‘ynagan O‘zbekistonning yana bir orzusi ushalmay qolib ketgan.
Oradan yillar o‘tdi, yana bir Mundialni o‘tkazib yubordik va jamoada avlodlar almashdi. Bugungi tarkib darvozaga nafaqat bitta zarba bera oladi, balki kamida bitta gol urishi mumkin. JCh chempionati saralashining 3-bosqichiga xotirjam yo‘l olishimiz uchun bugun "Ozodi"da forslarni mag‘lub qilishimiz kerak.
Fikrlar