Aziz To‘xtaboev: "Lokomotiv"ni enggan bo‘lsak ham, kamchiliklarimiz etarli

  • 3 iyul, 2019, 21:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga Kubogi “V” guruhi 2-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboev qatnashdi.

Tecno

"Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qildik. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz biroz qovushmadi. Ikkinchi taymda o‘z o‘yinimizni topdik va raqibni yirik hisobda dog‘da qoldirdik. Bugun shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. G‘alaba qozongan bo‘lsak-da, kamchiliklar yo‘q emas. Xatolar ustida ishlaymiz", - deb To‘xtaboevning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Biz ushbu turnirda g‘oliblik uchun kurash olib boramiz. Bugun bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!