Aziz Asimov: "Bu uyatsizlik"

  • 30 oktabr, 2023, 22:44
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 30-oktyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida hakamlar va OAV vakillari ishtirokida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Majlisda Superliga bosh va yordamchi hakamlari, nazoratchilar hamda O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Tecno

Majlis o‘ziga xos tanqidiy ruhda ochib berildi va O‘zFHM rahbari Laziz Qo‘chqorov o‘z nutqi davomida mamlakatimizda futbol rivojlanayotgani, shu bilan birgalikda, uning rivojlanishida hakamlik alohida o‘rin tutishi, bu borada hakamlardan har o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, muntazam ravishda ishiga nisbatan jiddiy yondashishi lozimligiga urg‘u berishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Superligasining so‘nggi turlarida bir qator bahsli vaziyatlar yuzaga kelgani ta’kidlanib, OAV vakillarining ushbu vaziyatlar va hakamlik bo‘yicha bergan savollariga atroflicha javoblar berildi.

O‘zbekistonlik taniqli hakam Aziz Asimov yig‘ilishda so‘zga chiqib, murabbiylarga keskin tarzda e’tiroz bildirdi:

"Barchaga Assalomu Alaykum. Bizda Germaniya va Italiyada bo‘lgani kabi bo‘lishi mumkinmi? Mumkin, ammo bizni klublarimiz bunday qilishmaydi. Hakamning har bir xatosi klublar va bizni murabbiylar uchun rahbariyat oldidan o‘zini oqlash uchun chinakam sovg‘aga aylanadi.
Agar qo‘shimcha vaqtni kamroq bersak, bu ham ular uchun bahona. Hatto, 3:0 yoki 4:0 hisobida engilayotgan bo‘lsa ham. Korpus bilan berkitilgan qo‘lga tekkan to‘p uchun fol belgilanmasligini juda yaxshi bilsa ham, aynan shu narsani ushlab olgan xolda hakamlarni o‘yinni "o‘ldirganda" yoki kimdir uni to‘xtatmoqchi ekanligini aytib ayblash uyatsizlik. Albatta, u bu haqida yozadi. Biz xatolarni boshqa odamlarga biriktirib qo‘yishga o‘rganib qolganmiz. Xato qilgan hakamlar buni o‘z bo‘yniga olishga majbur. Xo‘sh, murabbiylar amalga oshirayotgan xatolar qaerda? Qarang, braklar qanchalik ko‘p? Nega ular futbolchilari 5 marotaba to‘pni to‘xtata olmaganini, 7 marotaba noaniq uzatma berganini aytmaydi? Hakam xato qilsa, "Aut" va hakam bizni "o‘ldirdi" deyishadi."

Yig‘ilish so‘ngida mutaxassislar OAV vakillari, xususan, sharhlovchilardan sharh paytida hakamlik borasida noto‘g‘ri izoh berib qo‘ymaslik va imkon qadar auditoriyada hakamlar haqida salbiy xulosa uyg‘otib qo‘ymaslikka harakat qilishlari so‘raldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
31/10/2023 13:07
А.Асимов халичм сан бормисан мурабийлани футболчилан коралаш сенга колди сан олдин узингни бил санга ухшаган иккита учта харомни халол деб ейдига хакамларинга айт.Санлани деб яхши хакамлани хам кораланаяпти. Мисол учун Акабурхужага ухшаб чиройли хакамлик килишни урган харом хурлик килма.
&
Дувлан
31/10/2023 09:36
А.Асимовни гаплари 100фоиз тўғри,тўп қўлга теккани мониторда кўринмаганиниям аниқлаган судьяга аъло бахо қўйиш керак,четлатиш эмас.
&
Фаррухбек
31/10/2023 00:58
Азиз жиннимисан мураббийоарни хатосини мухокама килишади мухоисларам клуб рахбарлариям сан узини касякинга жавоб Бер Нима киласан бировникига осилиб умуман бошка бошка мавзу мураббий билан хакамликни фаолити ва хатоси .санлар бошкарган Хар Бир уйинда санлани вазифен масулиятин Хар иккала мураббийни мехнатини Битта Карор билан расво кимаслик
&
Адхамжон Низомов
31/10/2023 00:19
Сен гапирма,ифлос.харомхур.виждони йук пук.
ишбобоев жума
30/10/2023 23:57
Тупни тухтата олмаслик,ноаник узатма ва уйинчиларнинг техник,тактик холатларига качондан буен судьялар мухокамасига тушадиган булиб колди. Ундан кура узингнинг киликларини ташла. Неча марта туппа тузук уйинларни синдирдинг. Орканга бир караб куй саводсиз.
Шоим Зарипов
30/10/2023 23:42
Сен ифлослар Бухородан 3 ачко олиб Пахтаойга берсан уят эмас лекин мураббий гапирса уят сен уятсиз нечта уйинда Насафни синдирдинг виждонсиз сени хам Андижондагидек тош бурон килиш керак
&
Махмуд1966
30/10/2023 22:58
Бу нотавон халиям борми судьяликда???
&
Liverpool-Afzal
30/10/2023 22:55
Пахтакор судя: диб бакирдими Навбахор мухлислари халиги уйинда
&
FCNASAF UZBEKISTAN
30/10/2023 22:48
Ўзбекистонда Тошкент жамоаларини энг «яхши» хаками сенсан Азиз
&
FCNASAF UZBEKISTAN
30/10/2023 22:48
Ўзбекистонда Тошкент жамоаларини энг «яхши» хаками сенсан Азиз