Azim Ahmedov: "G‘alaba ta’timadi..."

  • 17 sentabr, 2022, 01:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 16
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ijtimoiy tarmoqlarda "bomba"dek portlagan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so‘ng voqeaning asosiy qahramonlaridan biri Azim Ahmedov bilan bog‘landik. "Navbahor" etakchisi voqeaga izoh berib o‘tdi:

"Qizilqum" futbolchisi sizga nisbatan qo‘pollik ishlatdimi?

- Men to‘pga sakraganimda, raqib elkamdan orqaga tortdi. Men to‘p qo‘limga tekkanini inkor qilmayman. Uni hamma ko‘rdi, lekin bundan avvalroq menga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan edi. Avvaliga referi menga nisbatan qo‘pollik ishlatilgani uchun hushtak chaldi. Keyin, VARdagilar bilan gaplashib, ekran oldiga bordi. Agar adashmasam, u to‘p qo‘lga tekkanini emas, menga nisbatan qo‘pollik ishlatilgani yoki ishlatilmaganini tekshirdi. Keyin qarorini to‘g‘ri ekanligini anglab, "Qizilqum" hujumda fol ishlatdi, deb hisobladi.
Sizning nazdingizda hakam adolatli qaror qabul qildimi?

Agar takroriy lavhani ko‘rsangiz, harkatlarim notabiiy ekanligini payqash mumkin. Elkam ortga ketgan, belim ham nostandart xolatda edi. Menimcha, o‘yinni shu epizodini ko‘pchilik o‘tkazib yubordi. Hakam to‘p qo‘limga tekkanini emas, unga qadar bo‘lgan voqealarni ko‘rish uchun VARga murojaat edi. Menimcha, hakamning qarori adolatli bo‘ldi.


AZIM

Nima deb o‘ylaysiz, bu voqea "Navbahor" bilan sodir bo‘lmaganida ham shunday reaktsiya bo‘lgan bo‘larmidi?

- Yo‘q, aynan "Navbahor" bilan bo‘lganida shunday shov-shuv bo‘lib ketdi. Boshqa klub bo‘lganida, bir yo ikki postdan so‘ng barchaning e’tiboridan chetda qolar edi. Bilmadim, bizni yomon ko‘rishadimi, yoki aynan kimnidir yomon ko‘rishadimi, bilmadim.

Bu g‘alaba qay darajada "lochinlar" a’zolariga ta’tidi? Kiyinish xonasidagi atmosfera qanday edi?

- Bilasizmi, hamma bizga qarshi bo‘lgani uchun g‘alaba bizga ta’timadi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, deyarli hamma bolalar maydonni g‘alati tark etdi. Kayfiyat yo‘q edi hech kimda. "Navbahor" bilan bog‘liq hamma narsa doim omma e’tibor markazida turibdi. Nega bunday bo‘layotganini bilmadim. To‘g‘risi, biror narsa bo‘lib qolmasin deb qo‘rqib-qo‘rqib o‘ynayapmiz. Biz uchun bu o‘yinda 3 ochko suv va havodek zarur edi.

- Bugungi voqealardan so‘ng, "Navbahor" juda katta bosim ostida qolib ketgandek. Aytingchi, bu oldindagi boshqa o‘yinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?

Tan olish lozim, katta bosim yukladi. Qolgan o‘yinlarda nima bo‘lishini bilmayman. Hammasi yaratganning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Omon bo‘lsak, ko‘raveramiz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/09/2022 09:09
Uhlaymay kutib turibmiz. Murabbiylarni fikrini chiqaramiz deganiz uchun.
Шухрат Хусаинов
17/09/2022 03:28
Узингни оклама Азимбой футбол угил болалар уйини
&
17/09/2022 19:54
Азим эркак гап йўқ. Фол бор эди
Myelin SheathXD
17/09/2022 02:19
Xa, no odatiy tana bukilishi, hujumchning qoli Azimning yelkasida turgani, hujumda foul bo'lib korinayapti,
Lekin tajribasiz referini UFA nega qiyin oyinga tayinladi tayinladi?
Nega Roziqul berdiyev umuman oyiga kirgizilmayapti lekin babayan ufadan litsenziyani olib stadionda yuribdi?
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
17/09/2022 14:27
Ruzuqul aka erkak boshqalarga uhshab yaltoqlanmaydi, elanmaydiyam, pFL tish tirnogi bilan qarahi Nasaf chempion bub qomasin deb
&
Muhiddin
17/09/2022 19:58
Навбахорникига насафни тиқиштираверманглар жонга тегдию
&
Турсунов Рамазон
17/09/2022 12:37
Одил узинку жахон чепиёнатига борормадинг энди аралашиб нима киласан узи Узбек футболини расво килган санла буласанла энди Узбек футболини тинч куй.Мухлислани жахлини куп чикармада Узбек футболидан тинчгина йук бул Набахорни чемпиён киламан деб каргишга колма ОЛЛОХ кахридан курк мухлисла сани нима килаётганингни куриб турибти. Бабаянни купам ёнини олма сенга хам ОЛЛОХ НИ ЖАЗОСИ бордир.
&
Турсунов Рамазон
17/09/2022 12:24
Брорта хакикатни ёзадиган спорт журналисти йук.Бари инига кириб кетди.Бабаяндан бунча куркмасанла Диёр ку курканидан хеч нарса килломаяпти.Азим сенга футболчи тегмаслиги керак унда футбол уйнама Худодан курк ёлгонни жавоб беришини уйла ОЛЛОХ ни жазоси ёмон булади.Хакамларингни ОЛЛОХ олдидаги жазоси бор унда кеч булади.Мухлислани каргиши ёмон булади .Кузларингни каттарок очингла .Шунда хам УФА хакамни ёнини олса хаммаси ойён Набахорни чемпиён килиши аник булиб колади .Футболни яни Узбек футболини куришни кизиги йук.Хакамку ишини бажарди унга фарки йук жазоланса икки уч уйиндан четлатилар Кизилкумни ачкосини ким жойига куйяди.
&
kurbonov
17/09/2022 12:22
Одил Ахмедов хам укаси хам узбек футболини жарга кулатияпти .Канакасига футбол ривожланиши мумкин .Яна орзу булиб колаверади жахон чемпионати эсиз узбек футболи
Baxil Alihuja
17/09/2022 10:17
Халол уйнанглар, шунда очколар татийди! Зуравон арман тренер ва нохалол уйнайдиган уйинчилар билан хаммага ёмон криниб булгансизлар! Яхши куриниш учун аввал мард булинглар. Бабуинни футболдан бутунлай четлатиш керак эди.
Akram Haedarov
17/09/2022 09:27
Mantiqsiz javob .VAR sanga qo'pollik bo'lganini ko'rmadi dovdir. Var penaltini ko'rdi va chichib qo'ydi.
&
Zamon
17/09/2022 06:44
Azimboyga tegish mumkin emas deb qoidalarga kiritelar shunda shovqin suron bumaydi sport.uzga ham qoyilmasman nega faqat boyni arzini eshitdilar kambag‘alchi. Balki qizilqum futbolchisi boshqa fikrdadir u odam emasmi. U azimdek fudbolda vakolati yuqda
Baxil Alihuja
17/09/2022 11:10
Ha, bolakay shunaqa uylaydi-de! Hamma futbolchilar yoshi o'tgach murabbiy bulsa, Azimboyni akasi futbolda biron natija kursatmay, juda erta futbolni tashladi. Bir yumalab, vice-prezidentga aylandi. Yuqoridagi lavozimlar shunaqa erkakka uxshamaydigan, landovur, laganbardorlarga tarqatilmoqda. Futbolni sharmanda qilgan Babuin futbolga qaytarildi. Azimni akasini yordamida shunday qoidalar kiritiladi.
&
Muhiddin
17/09/2022 19:56
Навбахор ғалабага хақли эди
&
Бахриддин М.З.
17/09/2022 14:32
Yaxshi ham qiz bo‘lib to‘g‘ilmagan ekan, aks holda ...
Nishonov Obidjon
17/09/2022 10:02
Yaxshi buldi