
Azar Londonga qaytadi, faqat "Chelsi"ga emas
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar APLga qaytishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, futbolchi xizmatiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchi avval ham Angliya chempionatida harakat qilgan. U Londonning boshqa bir jamoasi "Chelsi" sharafini himoya qilgandi.
Azar 2019 yil "qirollik klubi"ga ko‘chib o‘tgandi. Madridliklar belgiyalik vinger transferi uchun 100 million evro sarflagandi.
Joriy mavsum Eden 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va ikkita golga assistentlik qilgan.
Fikrlar