Azar faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 31 iyul, 2023, 03:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eden Azar faoliyatini 32 yoshida yakunlashi mumkin. Bu haqda "As" nashri xabar berdi. 

"Real" bilan shartnoma bekor qilinganidan keyin ham Azar o‘ziga yangi klub topa olmadi. Belgiyalik ukasi Kilian o‘ynaydigan Molenbek va "Inter Mayami"ning  takliflarini rad etgan. Azar 30 iyundan beri erkin agent hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Azarning yangi klub topishdagi qiyinchiliklari "Real"da o‘ynagan vaqtida ko‘plab jarohatlar olgani va o‘yin amaliyotining kamligi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, futbolchi va uning oilasi Ispaniyada o‘zlarini qulay his qilmoqda va Madridda qolishni istashadi, bu esa belgiyalik futbolchini faoliyatini yakunlashga majbur qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!