
Azar endi futbol o‘ynamaydi
O‘z davrida Angliya Premer-ligasining eng zo‘r hujumkor futbolchisi bo‘lgan Jden Azar bugungi kunda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi.
So‘nggi to‘rt yil davomida “Real”da o‘zini ko‘rsata olmagan belgiyalik futbolchi shu yoz Madrid” klubini tark etgan edi. Hozir erkin agent maqomida yurgan 32 yoshli o‘yinchiga jo‘yali birorta taklif yo‘q.
Avvalroq, Azar AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi aytilgandi. Unga Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olgan “Inter Mayami” qiziqish bildirgan. Lekin bu transfer amalga oshmadi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Eden Azar ayni paytda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab, butasini mixga ilishga yaqin turibdi.
Fikrlar