
Ayrim futbolchilar "Barselona"dan ketishni xohlamayapti. Endi nima bo‘ladi?
“Barselona” moliyaviy sabablarga ko‘ra ko‘plab futbolchilarini sotishni rejalashtirayotganiga qaramay, ayrim futbolchilar jamoadan ketishni istashmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Artur, Arturo Vidal, Ivan Rakitich, Samyuel Umtiti va Neto singari futbolchilar garchi boshqa jamoalardan takliflar bo‘layotganiga qaramay, “Kamp Nou”da qolishmoqchi.
“Ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati esa hozirgi tarkibdan faqatgina 6 nafar futbolchini olib qolmoqchi xolos.
Fikrlar