Ayan Tolegen: "O‘zbekistonlik sportchilarning tarbiyasiga qoyil qoldim... Qozog‘iston boksida katta ishlar qilinadi!

  • 14 avgust, 2024, 14:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Olimpiada avvalida qozog‘istonlik taniqli jurnalist va sharhlovchi Ayan Tolegen bilan o‘zaro bahs boylashgan edik. Ya’ni, o‘zbekistonlik bokschilar Qozog‘iston bokschilaridan yaxshi natija qayd etishsa, Ayan meni Astanada mehmon qilmoqchi edi. Agar aksi bo‘lsa, men Toshkentda uni kutib olmoqchi bo‘lgandim. Bahsda men yutdim. Xullas, uning Olimpiada tassurotlari, o‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroki va qozog‘istonlik bokschilarga nima etishmaganligi haqidagi fikrlari bilan qiziqdim. 

- Ayan bevosita Parijda o‘zbekistonlik sportchilarning ham chiqishiga guvoh bo‘lding. Ayt-chi, bizning sportchilar ishtirokini qanday baholaysan?

- Bunda O‘zbek sportchilari juda yuqori natijaga, ayniqsa bokschilar jami 8 ta oltin medaldan 5 tasini olgani zo‘rligini, Qozog‘istonda bu sezilarli bo‘ganini, samimiy qo‘llab quvvatlashganini ijtimoiy tarmoqlardan, izohlardan ko‘rsa bo‘ladi. Va menga shaxsan jurnalist va xolis odam sifatida O‘zbekistonda tashkilotlar, Olimpiya qo‘mitasi, vazirliklar, blogerlar qanday shu vaziyatga qo‘shilishgani, muxlislari, sportchilar, murabbiylar, mutasaddilar o‘zaro kolabratsiyasi, ya’ni birgalikda ishlashi qanaqa tashkil etilganligi qiziqtirayapti.

Tecno

Ularga shu munosabatda a’lo besh baho qo‘yish kerak, va jamoaning juda ham inoqligi, sportchilarni juda tarbiyaliligini ko‘rdim. Men o‘zim shuni roliklar, videolar s’yomka qiganimda muxlislarni qo‘llab quvvatlashi yuqori darajadaligi ko‘rindi. Bokschilar tarbiyali ekanligi, agar ringda o‘zini jangchilik qobiliyatini ko‘rsatsa ringdan tashqarida tarbiyali ekanini, xatto yulduz darajasida bo‘lsa ham hech kimga intervyuni rad etmagani va birgalikdagi harakatlar oqibatida shunaqa katta natijaga erishilgani bu qimmatli bo‘lib, bu O‘zbekistonda sport prioritetda ekanligini ko‘rsatadi. Sport Vazirligi, sizda shundaymidi, tomonidan sportni qo‘llash kelajak avlod uchun ham katta rol o‘ynaydi va tabriklarni qabul qilasiz. Kelajakda O‘zbekiston va Qozog‘istonning do‘stona raqobati katta rol o‘ynaydi.

- Qozog‘istonlik bokschilarga nima etishmadi, deb o‘ylaysan?

- Qozog‘iston bokschilariga nimalar etishmadi? Tortishsa bo‘ladigan bahsli janglar bo‘ldi. Bizni Qozog‘iston sportchilarini ham qo‘lini ko‘tarish mumkin bo‘lgan vaqt bo‘ldi, afsus unday bo‘lmadi. Balki hakamlik yoki bokschilarni o‘zini kamchiligi bo‘ldi. Buni hali ko‘p gaplashish mumkin, lekin bundan endi foyda yo‘q! Eng asosiysi boks federatsiyasi prezidenti Shaxmurat  Mutalip o‘zi intervyusida reforma qilish kerakligini, olg‘a yurish kerakligini, Tokio va Parijdan dars olib, xulosa qilish kerakligini aytdi. Va endi kimga qarash, o‘rnak olish mavjudligini, O‘zbekiston terma jamoasi bilan raqobatni davom ettirish, yaxshi ma’noda kerak dedi. Shunichun o‘ylaymanki, vaqt bor, yoshlarga nazar qaratish kerak. Boks jamoamiz shundoq ham yosh, o‘rtacha yosh 22-25, shu sababli kelajakka yanada e’tibor qaratib, murabbiylarni  almashtirish, bu yo‘nalishda ish uslubini o‘zgartirishni ko‘rib chiqishimizni aytaman. Boks Qozog‘istonda muhim sport bo‘lgan va bo‘ladi ham, shunichun katta ishlar qilinadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/08/2024 16:16
ггг билан ёнма-ён турган йигит Аян-ми?