"Ayaks" De Ligtni "Barselona"ga 100 mln evroga sotmoqchi

  • 24 mart, 2019, 12:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek “Barselona” klubi hamon “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olish niyatidan qaytmayapti.

Tecno

Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) yig‘ilishi arafasida “ko‘k-anor ranglilar” prezidenti Jozep Bartomeu amsterdamliklar bilan 19 yoshli futbolchining transferi masalasida navbatdagi muzokaralarni o‘tkazmoqchi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Ayaks” De Ligt uchun “Barselona”dan 100 mln evro so‘ramoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq kataloniyaliklar gollandiyalik futbolchi uchun 60 mln evro taklif qilishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” bundan avvalroq “Ayaks”ning boshqa bir etakchisi Frenki de Yong bilan kelishuvga erishgan edi. Ushbu futbolchi mavsum yakunlangach Kataloniya super klubi safiga borib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!