
Avstraliyaga qarshi uchrashuvlardagi "qora an’ana"ga nuqta qo‘ydik! Endi gol bor, ammo...
Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBEKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab, "yashil qit’a vakillari" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi.
Mazkur bellashuv ikki jamoa o‘rtasidagi beshinchisi bo‘ldi. Bunga qadar Avstraliya va O‘zbekiston 4 marotaba kuch sinashgan va ularning 3 tasida "kengurular" zafar quchgandi. Yana bir o‘yinda durang qayd etilgan. E’tiborlisi, biz biroz avval yakuniga etgan beshinchi uchrashuvda ilk bor mazkur terma darvozasini ishg‘ol qildik.
O‘zbekiston - Avstraliya
O‘yinlar soni : 5 ta
Avstraliyaning g‘alabasi: 3 ta
O‘zbekistonning g‘alabasi: 0 ta
Durang: 2 ta
To‘plar nisbati: 1:9
Fikrlar