"Australian Open". Ayollar o‘rtasida finalchilar nomi ma’lum!

  • 18 fevral, 2021, 15:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining yakkalik bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida turnirning 3-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi Naomi Osaka favoritlardan biri Serena Uilyams ustidan 2 setda g‘alaba qozonib, final chiptasini qo‘lga kiritdi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:4.

Tecno

Shuningdek, sensatsion tarzda yarim finalga chiqqan tennischilar bellashuvida Jennifer Bredi chexiyalik Karolina Muxovani 3 setda mag‘lub etib, o‘z yurishini davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. O‘yin AQShlik raketka sohibasining 6:4, 3:6, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi ayollar bahslarida Osaka-Muxova uchrashuvi 20 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!