Augustin Chiritsa "Andijon"da ish boshladi
“Andijon” murabbiylar shtabiga ruminiyalik mutaxassis qo‘shildi.
Kelasi yili 50 yoshni qarshilaydigan Augustin Chiritsa “Andijon”ning jismoniy tayyorgarlik murabbiyiga aylandi.
Yodingizda bo‘lsa, u 2024 yilni Navoiyning “Qizilqum” klubida o‘tkazdi.
Shuningdek, Chiritsa yurtimizda bunga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Navbahor”, “So‘g‘diyona” va “Turon”da ham ishlagan.
Fikrlar