
ATP. Barcha yarim finalchilar aniq bo‘ldi
London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. 7-kun bahslari 4-yarim finalchi nomiga oydinlik kiritib berdi.
Guruh bosqichining so‘nggi bahsida kortga chiqqan rossiyalik Daniil Medvedev hamda argentinalik Diego Shvartsman bahsi amalda ko‘p narsani hal qilmas edi. Sababi, rus sportchisi allaqachon keyingi bosqich masalasini hal etgan, Shvartsman esa, g‘alaba qozongan taqdirda ham kuchli to‘rtlikka kira olmasdi.
Shu tufayli o‘yin Medvedevning ustunligida kechdi va u yakunda ikki setda bir xil 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Quyida yarim final juftliklari bilan tanishing:
Dominik Tim - Novak Jokovich;
Daniil Medvedev - Rafael Nadal.
Fikrlar