"Atletiko" Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 23 noyabr, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi Turinning "Yuventus" jamoasi hujumchisi Dushan Vlahovichni sotib olish yo‘llarini izlamoqda.

Tecno

Jurnalist Nikola Balisning xabariga ko‘ra, "matraschilar" serbiyalik futbolchi evaziga "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Alvaro Morata yoki yarim himoyachi Rodrigo de Paulni taklif qilishlari mumkin.

Vlahovich bilan shartnomani uzaytirish "Yuventus" rahbariyatining asosiy maqsadlaridan biri, ammo hujumchi klub shartlariga rozi bo‘lishga shoshilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Vlahovichga avvalroq Angliya premer-ligasi klublari, jumladan, Londonning "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!