
"Atletiko" Turin klubidan darvozabon oladi
Turinning "Torino" klubi darvozaboni Salvatore Sirigu faoliyatini Ispaniyaning top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Madridning "Atletiko" klubi 34 yoshli darvozabon xizmatiga qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" Siriguni yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin sotib olmoqchi. Salvatore jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan Yan Oblakga o‘rindosh sifatida qaralmoqda.
Sirigu “Torino” tarkibida 2017 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. U Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida jami 32ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 50ta gol o‘tkazib yubordi.
“Torino” o‘tgan mavsum A Seriyani 17-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar