
"Atletiko" to‘purar hujumchini nishonga oldi
"Atletiko" Viktor Dyokereshni sotib olmoqchi.
"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, "Sporting" hujumchisi Madrid klubining asosiy nishoni hisoblanmoqda.
Ta’kidlanishicha, "Atletiko" shvetsiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun bir necha muhim qadamlarni allaqachon qo‘ygan.
Dyokereshning transfer narxi 65 million evrodan 75 million evrogacha bo‘lishi mumkin. Uning shartnomasida 100 million evroga sotib olish bandi mavjud, biroq ispanlar yakuniy narx bundan pastroq bo‘lishini kutmoqda.
O‘tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi "Sporting" safida 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 54 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar