
"Atletiko" o‘ziga o‘xshamayapti, Simeonedan esa antirekord!
La Liga 24-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Xetafe" uchrashuvining birinchi bo‘limidan so‘ng 3:3 hisobi qayd etildi.
Madridliklar hozirgacha Ispaniya chempionatida 33 ta gol o‘tkazib yubordi. Diego Simeone ushbu klubda murabbiylik faoliyatini boshlaganidan buyon La Liga doirasida klub bu qadar ko‘p gol o‘tkazib yubormagandi.
Bugunga qadar argentinalik mutaxassisning antirekordi 2012/12 yilgi mavsumda bo‘lgandi. Shu yili Simeone boshchiligidagi "matraschilar" 31 marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, chempionat yakunlanishiga hali 15 ta tur bor.
Fikrlar