"Atletiko" o‘z safiga Olimpiada chempionini qo‘shib olmoqchi

  • 15 avgust, 2021, 18:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Berlinning "Gerta" klubi hujumchisi Mateus Kunya faoliyatini "Atletiko" Madridda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi "matraschilar"ning joriy transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar faol davom etmoqda.

Mateus Kunya yaqinda Braziliya terma jamoasi safida Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Atletiko” o‘tgan mavsum La Ligada chempioni bo‘lgan edi. Diego Simeone jamoasi joriy mavsum chempionlikni munosib himoya qilishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!