
"Atletiko" Meksika terma jamoasi etakchisi bilan shartnoma imzolaydi
"Portu" klubi yarim himoyachisi Ektor Errera tez orada "Atletiko" Madridga ko‘chib o‘tadi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 29 yoshli meksikalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishishgan. Aniqrog‘i, Errera “Atletiko” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Qayd etish lozimki, uning “Portu” bilan amaldagi shartnomasi kelgusi oyda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Ektor Errera joriy mavsum “Portu” safida jami 53ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” bundan avvalroq 20 mln evro evaziga “Portu”ning boshqa bir futbolchisi Filipeni sotib olgan edi.
Fikrlar