"Atletiko Madrid" futbolchisi jamoada qolishni istamayapti

  • 13 iyul, 19:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" jamoasida to‘p surayotgan angliyalik xavbek Konor Gallaxer yaqin vaqt ichida Angliyaga qaytishi mumkin. 

Tecno

"Teamtalk" nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga APLning “Nyukasl” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Angliyaliklar Gallaxerni joriy yozdayoq o‘z safiga qo‘shib olish niyatida va muzokaralarni boshlagan. Uning transfer bahosi 40 million evro atrofida baholanmoqda.

Konor o‘tgan mavsum “Atletiko” tarkibida 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 4ta gol va 6ta assist muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!