
"Atletiko" futbolchisi APL klublari yoki "Napoli"dan ko‘ra, Braziliyaga yo‘l olishni tanladi
Braziliyalik yarim himoyachi Samuel Lino yaqin orada Evropa futboli bilan xayrlashib, vataniga yo‘l olishi mumkin. ESPN nashrining xabariga ko‘ra, "Atletiko" va "Flamengo" o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan va asosiy shartlar allaqachon kelishib olingan. Transferning taxminiy qiymati — 25 million evro.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi. Linoga APL jamoalari hamda "Napoli" tomonidan ham qiziqish bo‘lgan, biroq hal qiluvchi omil sifatida "Flamengo" bosh murabbiyi Filipe Luisning ishtirokidagi suhbat bo‘lgan. U Madrid klubining sobiq futbolchisi sifatida shaxsan Linoni Rio-de-Janeyro jamoasiga kelishga ko‘ndirgan.
2023/24 mavsumida Samuel Lino La Ligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar