
"Atletiko" Feliksni sotmoqchi. Futbolchining talabi esa klubni qiyin holatga solib qo‘ydi
"Atletiko" klubi hujumchi Joau Feliksni sotmoqchi.
Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Chelsi”da ijara asosida o‘ynagan edi. Futbolchiga chempionat peshqadami bo‘lmagan Premer-liganing ba’zi klublari qiziqish bildirdi, ammo Joau faqat Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa libosida o‘ynashni istamoqda.
Ushbu holat Feliksni sotish jarayonini murakkablashtirishi mumkin. Katta ehtimol bilan u keyingi mavsumda ham "Atletiko" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Fikrlar