
"Atletiko" etakchisini uzoq vaqt saqlab qolmoqchi
"Atletiko" frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, madridliklar 33 yoshli futbolchi bilan yaqin oylarda yangi bitim imzolaydi. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. "Matraschilar" frantsuzni jamoaning etakchisi sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Antuanning "Atletiko" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar