
"Atletiko" etakchilaridan biri klubda qoladi
Antuan Grizmann "Atletiko"da qoladi. 34 yoshli hujumchi Madrid klubi bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, bu haqda "Relevo" nashri xabar bermoqda.
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hamon Grizmanni jamoaning asosiy o‘yinchisi deb biladi va o‘zi klubdan hujumchini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishni so‘ragan.
"Atletiko" rahbariyati Antuanning yozda ketib qolishidan xavotirda edi - u "Los-Anjeles" klubi bilan muzokaralar olib borgan. Biroq, MLSga o‘tish varianti futbolchida shubha uyg‘otgan. U FIFA kunlari tanaffusi paytida madridliklar bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann joriy mavsum La Ligada 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar