
"Atletiko" "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzolash arafasida
Madridning "Atletiko" klubi yozgi transferlar oynasida "Barselona" futbolchisini qo‘lga kiritish niyatida.
SPORT nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Markos Alonso bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Ispaniyalik vinbek Kataloniya klubida asosiy figuralardan biriga aylana olmadi va ko‘p vaqtni jarohat bilan o‘tkazmoqda. Shu tufayli "Barsa" u bilan kelishuvni davom ettirish niyatida emas.
Qayd etish lozim, uning "Barselona" bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar