
"Atletiko" asosiy tarkib futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Atletiko" o‘ng qanot himoyachisi Nauel Molina bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, madridliklar 25 yoshli futbolchi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim imzolaydi. Yangi shartnomaga ko‘ra, Molinaning tovon puli 70 million evro etib belgilanadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Molina 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va o‘z nomiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Fullbekining "matraschilar" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar