
"Atletiko" – "Barselona" o‘yiniga 60 mingdan ziyod tomoshabin keldi
Ispaniyada futbolga shunchaki sport bir sport turi sifatida emas, balki madaniy hordiq sifatida qarashadi. Bizdan farqli ravishda grand jamoalar o‘yinida bo‘sh o‘rindiq topib bo‘lmaydi.
Ispaniya chempionatining navbatdagi tur doirasidan o‘rin olgan "Atletiko" – "Barselona" uchrashuviga 60 mingdan ziyod tomoshabin tashrif buyurdi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 60739 muxlis. Bu dunyo bo‘yicha klublar o‘rtasidagi bahs uchun rekord darajadagi tashrif sifatida hozircha tarixda qolmoqda. Evropa futboli uchun esa alohida bir rekord. Hali "Ko‘hna qit’a"da hech bir o‘yinga bunchalik ko‘p muxlis tashrif buyurmagan.
"Vanda Metropolitano"da kechgan bahsda afsuski, tomoshabinlarning aksariyati uylariga tushkun kayfiyatda qaytishdi. O‘yin kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yuqoridagi matnda nimadir "yopishmayapti" deyayotgandursiz. Rostan ham shunday. Gap ayollar futboli haqida ketmoqda. Axir aytdik-ku, Ispaniyada futbolga shunchaki sport bir sport turi sifatida emas, balki madaniy hordiq sifatida qarashadi. Bizdan farqli ravishda grand jamoalar o‘yinida bo‘sh o‘rindiq topib bo‘lmaydi.
Fikrlar