"Atalanta"ga Kovalenko kerak

  • 28 yanvar, 2021, 11:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Shaxtyor” yarim himoyachisi Viktor Kovalenko faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, Ukraina terma jamoasi a’zosini “Atalanta” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.  Bergamoliklar bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Kovalenko jamoaning o‘rta chizig‘ida ijodkorlikni yanada oshira oladi deb hisoblaydi.

24 yoshli Viktor “Shaxtyor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum Ukraina premer-ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!