"Atalanta" ustozi yangi mavsumni "Yuventus"da boshlashi mumkin

  • 23 may, 2021, 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" klubi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini yangi mavsumdan boshlab, "Yuventus"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “keksa sinora” rahbariyati jamoaning amaldagi ustozi Andrea Pirlo o‘rniga aynan 63 yoshli italiyalik mutaxassis nomzodini ilgari surmoqda. Agar "Yuventus" joriy 2020/21 yilgi mavsumda EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Pirlo o‘z lavozimini tark etadi.

"Yuventus" mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganida 75 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi “Napoli” hisobida 76 ochko mavjud.

Andrea Pirlo “Yuventus”ni 2020 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!