
"Atalanta" futbolchisiga Evropaning 5 ta top klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
"Atalanta" yarim himoyachisi Ederson Lourenso yozda jamoasini tark etishi mumkin. Unga Evropa grandi jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"AS" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi bilan "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Atletiko", "Yuventus" va "Real" klublari qiziqmoqda.
"Atalanta" o‘z etakchilaridan biri bo‘lgan 25 yoshli futbolchini 75 million evro evaziga sotish niyatida.
Joriy mavsumda u A Seriyada 45 o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar