
"Atalanta" - "Real Madrid". Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi
Bugun Chempionlar ligasi doirasida "Atalanta" - "Real Madrid" jamoalari bahs olib boradi.
A Seriya turnir jadvalida yaqqol etakchiga aylangan "bergamoliklar" o‘z maydonida La Liganing ikkinchi pog‘onasidan joy olgan "Los-Blankos" bilan to‘qnash keladi.
Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda tomonlar kuchi teng kelishini taxmin qilmoqda: "Atalanta" 2:2 "Real Madrid"
"Sportingnews" nashri mezbonlar g‘alabasiga ishonmoqda: "Atalanta" 2:1 "Real Madrid"
"90Min" nashrining yozishicha minimal ustunlikda mehmonlarning qo‘li baland keladi: "Atalanta" 1:2 "Real Madrid"
"SportsMole" esa jamoalar durang natija qayd etishini yozdi: "Atalanta" 1:1 "Real Madrid"
Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 2:0 hisobida "Atalanta" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar
Yoki 2:2