"Aston Villa" Asensioni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 11 may, 2023, 10:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" yozda tarkibni kuchaytirishga harakat qiladi. Birmingemliklar "Real" futbolchisi Marko Asensioni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar berdi "Marca" nashri. 

Tecno

Unai Emeri yozda jamoaga hujumchilarni olib kelishni istaydi. Mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan "Aston Villa" Evrokuboklar uchun harakat qilmoqchi. 

Mavsum so‘nggida "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadigan vinger "Real"da qolishni istaydi. Ammo ayni dam yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazilmayapti. Uning Madridda qolish ehtimoli pastroq. Shunday ekan bir qancha klublar 27 yoshli ispanni erkin agent sifatida olib kelishga urinadi. 

"Aston Villa" nafaqat Asensio, balki Abraxam ("Roma"), Kristensen ("Barsa") kabi futbolchilarga qiziqmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!