Assist bilan uchrashuvda burilish yasagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 21 fevral, 07:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” Evropa ligasidagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Klaudio Raneri shogirdlari musobaqaning pley-off o‘tish uchrashuvida kuchli raqib – “Portu”ga duch keldi.

Tecno

Safardagi birinchi bellashuvdan rimliklar 1:1 hisobidagi durang bilan qaytdi. “Olimpiko”dagi bahs ham qiyin boshlandi. Mezbonlar 27-daqiqada darvozabon Svilarning xatosi tufayli gol o‘tkazib yubordi.

O‘yinda burilishni Eldor Shomurodov va Paulo Dibala yasadi. Legionerimiz argentinalik yulduzni chiroyli kombinatsiya bilan darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi. Eldordan assist. Keyinroq Shomurodovning o‘zi ham gol urgandi. Biroq offsayd tufayli bu hisobga olinmadi.

Bahs 3:2 hisobida “Roma” foydasiga hal bo‘ldi.

Italiya futbolini yoritib kelayotgan siamolaroma.it sayti “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagi baholadi.

Svilar 5.5:

Belgiyalik golkiperning qo‘pol xatosi raqibga hisobni ochish imkonini berdi. Keyinchalik “Portu” uning darvozasiga aytarli xavf solmadi.

Chelik 6.5:

Turk futbolchisi juda faol o‘ynadi va ayni paytda yuqori sport formasida ekanini namoyish qildi. ChElik birorta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymadi.

Manchini 6:

Tajribali himoyachi raqibning jismonan baquvvat hujumchisi Samu Omorodionga qarshi o‘ynashda ayncha qiynaldi.

Ndika 5:

Ivuarlik himoyachi juda bo‘sh o‘ynadi. U ham Omorodionga qarshi hech narsa qila olmadi. Bir vaziyatda Samu Ndikadan to‘pni olib qo‘yib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ndikaning baxtiga to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

El-Shaaravi 6:

Universal futbolchiga aylanib borayotgan Stefan bu gal o‘ng qanot bo‘ylab o‘ynadi. Ancha ko‘p yugurishiga to‘g‘ri keldi.

Kone 7:

Jismonan baquvvatligi tufayli raqibga qarshi samarali o‘ynadi. Ayniqsa, to‘plarni olib qo‘yishda o‘zini ko‘rsatdi. Paulo Dibalaga golli pas uzatdi.

Paredes 6:

Argentinaliu yulduzga barqarorlik etishmayapti va doim ham yaxshi sport formasini saqlay olmayapti. Qilgan foydali ishi raqib futbolchisining haydalishiga sababchi bo‘ldi.

Pellegrini 6.5:

Chap qanotda Anjelino bilan birga juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Hujumchilarga yaxshi vaziyatlar yaratib berishni uddaladi. Ikkinchi bo‘limda biroz tezlik etishmadi.

Anjelino 7:

Ispan futbolchisi bu bahsda ham o‘zining jamoaga kerakli ekanini ko‘rsata oldi. Nikolo Pizillini golli pas bilan ta’minladi. Aynan mana shu gol tufayli rimliklar keyingi bosqichga chiqdi.

Dibala 8:

Uchrashuvni yondirgan argentinalik yulduz Rim muxlislari qalbini to‘liq zabt etdi. Paulo haqiqiy etakchiligini yana bir karra isbotlab, dubl qayd etdi.

Shomurodov 6.5:

Artyom Dovbik o‘rniga boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olgan o‘zbek futbolchisi jasorat va mahorat bilan o‘ynayapti. Raqib darvozasi qarshisida bir necha xavfli vaziyatlarda ishtirok etdi. Aynan uning pasi uchrashuvda burilish yasadi. Shomurodov bilan ajoyib kombinatsiya uyushtirgan Dibala hisobni tenglashtirdi. Eldor uchrashuv davomida jamoadoshlariga bir necha bor aniq pas berish orqali raqib jarima maydonchasi atrofida o‘tkir vaziyatlar yaratdi.  

Sule 6:

78-daqiqada Shomurodovning o‘rnini egallagan Matias Sule qisqa muddat o‘ynagan bo‘lsa-da, juda yorqin harakat qildi.

Baldantsi 6:

Dibalani o‘rniga maydonga tushgan Baldantsi ikki-uch vaziyatda podkatlari bilan raqib hujumini to‘xtatdi, pressingda juda samarali o‘ynadi.

Rensh 5.5:

Maydonga tushishi bilan faol harakatlarga berilib ketgan Rensh o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Pizilli 7:

Zaxiradan maydonga qo‘shilgan bo‘lsa-da, g‘alabaga juda katta hissa qo‘shdi. Anjelino uzatgan to‘pni “Portu” darvozasiga joyladi.

Raneri 7:

Klaudio Raneri jamoada ijobiy o‘zgarish qila oldi. Ayniqsa, mavsumning ikkinchi yarmida jamoa juda zo‘r o‘ynayapti. “Portu”ga qarshi o‘yin qiyin o‘tishini bilgan tajribali mutaxassis bu gal ham to‘g‘ri tarkib tanlash orqali, raqibni ortda qoldirdi.

Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi!

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!