
Asror Aliqulov: Superliga klubiga munosib qarshilik ko‘rsatishga urindik
"Ushbu uchrashuvga biroz qisqa vaqt davomida hozirlik ko‘rgan edik. Lekin shunday bo‘lsa-da, Superliga klubiga munosib qarshilik ko‘rsatish niyatida edik. Superliga va Pro liga jamoalari ko‘rsatadigan o‘yin tempida farq borligi sabab uchrashuv boshida xatoga yo‘l qo‘ydik va raqib bizni jazoladi. Lekin bugun barcha futbolchilarimiz maydonda bor mahoratini ko‘rsatishga harakat qilishdi.
Balkim hamma ham o‘zining to‘liq potentsialini namoyish etmagandir, ammo bugun yigitlar yomon o‘ynashmadi. O‘yin davomida gol o‘tkazib, hisobni tenglashtirishga urindik. Pro-ligada o‘yinimiz borligi sabab bugun ba’zi o‘yinchilarni maydonga tushirmay, ularga dam bergan edik.Balkim shu ham yakuniy natijaga ta’sir o‘tkazgandir", - deb Aliqulovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.
Fikrlar