Asror Aliqulov: "Biz chaqirgan ko‘plab futbolchilar taklifimizni oxirgi o‘ringa qo‘yishgan"

  • 2 aprel, 2022, 20:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Xorazm” – “Sho‘rtan” (3:2) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, o‘tkazilgan matbuot anjumanida g‘uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Bu o‘yinga tayyorgarlik jarayonida “Xorazm”ning birinchi daqiqalardan bosim qilishini o‘ylagandik. Afsuski, tez gol o‘tkazib yubordik. Keyin shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi golni ham o‘tkazdik. Baribir futbolchilar qo‘lini tushirmadi, oxirigacha harakat qildik. Mag‘lubiyatdan qutulib qolishga intildik. Futbolchilarga so‘nggi daqiqaga qadar kurashganligi uchun faqat minnatdorchilik bildiraman. Faqat zaxiradan o‘yinchi tushirishda xatoga yo‘l qo‘ydik va shu xato bizga qimmatga tushdi.

- “Sho‘rtan” jismoniy jihatdan o‘yinga tayyormi?

- O‘yindan-o‘yinga tayyorlanamiz. O‘ylaymanki, futbolchilarimizning ko‘pchiligini pro liga mavsumiga tayyor deb hisoblayman.

- Birinchi va ikkinchi bo‘limlarda o‘yin taktikasida o‘zgarish bo‘ldi...

- Maydonning sun’iyligi to‘pni yurishini sekinlashtiradi. To‘p bilan muomala qilishda baribir “Xorazm” jamoasining bizga nisbatan ustunligi sezilib turdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarning o‘yinidan kelib chiqib, o‘zgarish qildik.

- Bu mavsumda tarkib tanlashda qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?

- Biz xohlagan futbolchilarni ololmadik, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki biz chaqirgan ko‘plab o‘yinchilar taklifimizni oxirgi o‘ringa qo‘yishgan. Avval oldida turgan takliflarni ko‘rib chiqib, o‘xshamasa keyin bizga kelishlarini aytishgan. Ularni kutib turmadik. Bor futbolchilar, ya’ni, taklifimizga va sharoitimizga rozi bo‘lgan o‘yinchilar bilan shartnoma tuzganmiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!