
Ashraf Hakimida koronavirus aniqlandi
Mavsumlar oralig‘ida PSJga ko‘chib o‘tgan himoyachi Ashraf Hakimi koronavirusga chalindi.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli marokashlik futbolchi karantinga olingan. U endi Covid-19 sababli PSJning “Shambli” klubiga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Hakimi 6 iyul kuni “Inter”dan PSJga ko‘chib o‘tgan edi. Parij klubi marokashlik futbolchi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi. Ashrafning transferi parijliklarga 60 million evroga tushdi.
Hakimi 14 iyul kuni “Le-Man” klubiga qarshi o‘yinda PSJda debyut qilgan edi.
Fikrlar