Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevda xet-trik! U yana tengsiz!

  • 13 dekabr, 19:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni paytda  BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining final bahslari davom etmoqda.

Tecno

-67 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev hamda rossiyalik Evgeniy Kool o‘rtasidagi bahsda bokschimiz barcha raundlarni o‘ziniki qildi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi (5:0). Bu hamyurtimizning jahon chempionatlaridagi uchinchi oltin medali hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz Javohir Ummataliev va Jambulat Bijamov (Rossiya) jangi kutmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!