Artur va Pyanichning transferi qachon e’lon qilinadi?

  • 29 iyun, 2020, 08:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" xavbeki Miralem Pyanich faoliyatini "Barselona"da, kataloniyaliklar xavbeki Artur Ramos esa Turinda davom ettiradi.

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu ikki transfer bugun 29 iyun kuni e’lon qilinadi.

30 yoshli Pyanich joriy mavsum 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U bungacha "Mets", "Lion" va "Roma" klublarida o‘ynagan. Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi safida esa 92 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan.

23 yoshli Artur joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U bundan avval “Gremio” safida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasi safida esa 20 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!