Arteta: "Uning yo‘qligi katta yo‘qotish"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa markaziy himoyachisi Gabriel Magalyaesning jarohatiga munosabat bildirdi.
"Afsuski, Gabriel Braziliya terma jamoasi safidan jarohat bilan qaytdi. U bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Chorshanba kuni yana bir tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uning jarohati qanchaliq jiddiy ekanligini bilib olamiz. Ko‘rinib turibdiki, bu biz uchun katta zarba. Gabriel himoyadagi etakchimiz. Uni yo‘qotganimiz bizga katta muammolar tug‘diradi. Ammo uning yo‘qligini bildirmaslik uchun bizda etarlicha variantlar bor", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "kanonirlar" 23 noyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi derbida maydonga tushadi.



Fikrlar