
Arteta uni "Arsenal"da qolishga ko‘ndirdi
“Arsenal” yarim himoyachisi Folarin Balogan “kanonirlar” safida qolishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Londonliklar 19 yoshli ingliz futbolchisi bilan amaldagi shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirgan. Ta’kidlash lozimki, yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Baloganga 15 dan ortiq jamoalar xaridor bo‘layotgan edi. Ammo “Arsenal” rahbariyati va shaxsan bosh murabbiy Mikel Arteta uni jamoada qolishga ko‘ndirgan.
Folarin Balogan joriy mavsum “Arsenal” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Balogan asli AQShda tug‘ilgan va o‘z vaqtida AQSh U-18 terma jamoasida harakat qilgan. Ammo hozirda u Angliya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar