
Arteta kelajagi borasidagi savollarga javob berdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta shartnomani uzaytirish borasidagi savollarga javob berdi. Avvalroq, londonliklar Arteta bilan yangi bitim imzolamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Men "Arsenal"da baxtliman. Haqiqatdan ham shunday. Bor e’tiborimni g‘alaba qozonadigan va muxlislarni xursand qilishga intiladigan jamoa tuzishga qaratganman. Klub meni qo‘llab-quvvatlaydi.
Hammasi odatdagidek davom etadi. Mening vazifam mavsumdagi rejalarimizni amalga oshirish", - deydi murabbiy.
Ma’lumot uchun, "kanonirlar" ayni damda APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar